bizning xizmatlar
Vizual brending — bu brend identifikatsiyasini yaratish va uni professional ko‘rinishda taqdim etish jarayonidir. U logotip, ranglar palitrasi, tipografika, ayidentika, brend konsepsiyasi, qadoqlash dizayni, korporativ materiallar va brend hujjatlarining yagona vizual uslubda ishlanishini o‘z ichiga oladi. Bu xizmatlar orqali brend nafaqat estetik jihatdan ajralib turadi, balki xaridorda ishonch uyg‘otadi va kommunikatsiyaning barcha nuqtalarida bir xillikni ta’minlaydi. Vizual brending brendning maqsad va qadriyatlarini vizual til orqali ifodalashga xizmat qiladi.
Muddat
7 - 15 ish kuni
Narx
6 mln so'mdan boshlab
Bu brendning vizual imijini aks ettiruvchi, uni ajratib turadigan va esda qolarli bo‘lgan logotipni yaratish jarayoni. Logotip brendning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, u kompaniya yoki mahsulotning identifikatsiyasi uchun muhim vosita hisoblanadi. Logotip bilan birga uning turli formatlari, soddalashtirilgan versiyalari va foydalanish bo‘yicha maketlar ham ishlab chiqiladi.
Muddat
12 - 24 ish kuni
Narx
30 mln so'mdan boshlab
Brend aydentikasi bu brendning barcha vizual va kommunikativ elementlarining bir butunlikda ishlashini ta’minlaydigan tizim. Bu, logotip, ranglar palitrasi, tipografiya, tasvirlar, shiorlar va boshqa brendga oid elementlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, brend vizual konsepti – hissiyot, kayfiyat, uslub, estetik yondashuv ham belgilanadi va brend kommunikatsiyasi uchun asos yaratadi.
Muddat
12 - 24 ish kuni
Narx
30 mln so'mdan boshlab
Bu brendning vizual va kommunikativ uslublarini belgilovchi hujjatlar. Gaydlayn (yo‘riqnoma) va brendbuk brendning ranglari, shriftlari, logotipi va boshqa dizayn elementlarini qanday ishlatish kerakligini ko‘rsatib beradi. Unda shuningdek brend assetlar kutubxonasi (logo versiyalari, fonlar, ikonlar va boshqa elementlar) va amaliy qo‘llaniladigan maketlar joylashtiriladi. Ushbu hujjatlar barcha jamoa a’zolari va tashqi ijodiy guruhlar uchun yagona vizual standart rolini o‘ynaydi.
Muddat
7 - 15 ish kuni
Narx
10 mln so'mdan boshlab
Korporativ dizaynlar — bu kompaniya yoki tashkilotning turli hujjatlari, materiallari va interfeyslari uchun yagona dizayn konseptlarini yaratish. Korporativ dizaynlar ichki va tashqi kommunikatsiyalarni birlashtirib, kompaniyaning brend imijini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu xizmatga korporativ email imzolari, blankalar, vizitkalar, prezentatsiyalar, papkalar va xodimlar uchun brendlangan materiallar ham kiradi.
Muddat
7 - 15 ish kuni
Narx
7 - 15 ish kuni
Mahsulotni mijozga estetik va funksional tarzda taqdim etishga xizmat qiluvchi brend elementidir. Bu mahsulotning bozor raflarida ajralib turishini ta’minlaydi, xaridorda ishonch uyg‘otadi va brend identifikatsiyasini mustahkamlaydi. Ushbu xizmat mahsulot turiga mos shakllar, materiallar, teksturalar va ranglar asosida qadoq dizaynlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, maxsus merch mahsulotlari (ko‘ylaklar, aksessuarlar, krujkalar) uchun dizayn ishlari ham shu yo‘nalishga kiradi.
Bu xizmat turli xil vizual materiallarni yaratish san’ati va jarayoni bo‘lib, bu orqali auditoriya bilan samarali aloqa o‘rnatiladi. Brend xabari aniq va esda qolarli tarzda, hamda ma’lumot estetik jihatdan taqdim etiladi. Ushbu xizmat doirasida ijtimoiy tarmoqlar uchun dizaynlar, bannerlar, taqdimotlar, infografikalar, posterlar, merchlar va turli vizual template’lar ishlab chiqiladi.
Muddat
1 - 5 ish kuni
Narx
6 mln so'mdan boshlab
Bu marketing va brendingning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, maqsadli auditoriyani jalb qilish va ma’lum bir xabarni samarali tarzda yetkazish uchun mo‘ljallangan vizual materiallar yaratishni o‘z ichiga oladi. Ushbu xizmat doirasida outdoor bannerlar, roll-up, stendlar, afishalar va posterlar dizayni ham yaratilib, brendning tashqi reklama kommunikatsiyasi kuchaytiriladi.
Muddat
1 - 5 ish kuni
Narx
4 mln so'mdan boshlab
Infografikalar murakkab ma’lumotlarni vizual tarzda oddiy va tushunarli qilib taqdim etish usulidir. U grafik elementlarni (rasmlar, diagrammalar, xaritalar, piktogrammalar) va qisqa matnlarni birlashtirgan holda ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Infografika juda samarali, chunki u ko‘rgazmali bo‘lib, ma’lumotlarni tezda va oson qabul qilishni ta’minlaydi. Shuningdek, ularni sotsial tarmoqlar, taqdimotlar yoki bosma materiallarda ishlatish uchun adaptatsiya qilish ham ko‘zda tutiladi.
Muddat
1 kundan boshlab
Narx
4 mln so'mdan boshlab
Taqdimotlar dizayni bu auditoriya oldida biror mavzuni taqdim etishda vizual materiallarni samarali tarzda yaratish va tartibga solish jarayonidir. Yaxshi dizaynlangan prezentatsiya ma’lumotlarni aniq, chiroyli va esda qolarli qilib yetkazishga yordam beradi. Ushbu xizmatga shablonlar (template), animatsiyalar, diagrammalar va kompaniya brendiga mos vizual yechimlar kiradi.
Muddat
1 kundan boshlab
Narx
4 mln so'mdan boshlab
Bu har xil bayramlar yoki muhim voqealar uchun yaratilgan vizual materiallar bo‘lib, u odatda xushmuomalalik va iliqlikni ifodalaydi. Tabriknomalar dizayni, uni qabul qilgan kishining xotirasida uzoq vaqt qoladigan qilib yaratilishi kerak. Bu xizmat doirasida, shuningdek, mavsumiy va tematik kalendarlar, brendlangan xat blankalari va boshqa korporativ materiallar ham yaratiladi.
Muddat
1 kundan boshlab
Narx
2 mln so'mdan boshlab
Bu nafaqat matnni, tushunchani yoki hikoyani ko‘rgazmali va vizual tarzda ifodalash san’at asarlari yoki tasvirlardir. Ular odatda matnni boyitish, hissiyotlarni uyg‘otish yoki biror voqeani aniq va esda qolarli tarzda tasvirlash uchun ishlatiladi. Illustratsiyalar turli shakllarda, uslublarda va formatlarda bo‘lishi mumkin, ular kitoblarda, jurnallarda, reklamalarda, onlayn kontentda va boshqa ko‘plab joylarda qo‘llaniladi. Shuningdek, ushbu xizmat animatsion loyihalar va merch mahsulotlari uchun maxsus rasm yoki personajlarni yaratishni ham qamrab oladi.
Muddat
1 kundan boshlab
Narx
2 mln so'mdan boshlab
Ijtimoiy tarmoqlar uchun dizayn bu Instagram, Telegram va boshqa platformalar uchun post, stories, reels cover, highlights, profil bannerlari kabi vizual materiallar to‘plamidir. Brend konsepsiyasiga mos ravishda bir necha haftalik yoki oylik kontent paketlari ishlab chiqiladi. Shuningdek, doimiy foydalanish uchun tayyor editable shablonlar (template’lar) ham yaratiladi.
Animatsiya va moushn dizayn xizmatlari harakatli grafikalar, animatsiyalar va vizual effektlar yordamida kontentni yanada dinamik va qiziqarli qilishni ta’minlaydigan dizayn xizmatidir. Ushbu xizmatlar brendlar, kompaniyalar yoki boshqa har qanday loyihalar uchun samarali vizual materiallarni yaratishga mo‘ljallangan. Bu doirada 2D/3D animatsiyalar, mapping, intro/outro videolar, infografik animatsiyalar, personaj harakati, interfeys animatsiyalari va ijtimoiy tarmoqlar uchun harakatli vizual kontentlar ham yaratiladi.
Muddat
3 kundan boshlab
Narx
soniyasiga 150 000 so'mdan boshlab
Bu ikki o‘lchamli tasvirlar yordamida yaratilgan animatsion videolar bo‘lib, har bir kadr alohida rasm sifatida ishlanadi. Ular ko‘pincha reklama, ta’lim, marketing va ko‘ngilochar sohalarda qo‘llaniladi. Ushbu animatsiyalar asosida ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa roliklar, harakatli postlar, shuningdek, infografik videolar va personajli hikoyalar ham yaratilishi mumkin.
Muddat
3 kundan boshlab
Narx
soniyasiga 300 000 so'mdan boshlab
Bu kabi videolar uch o‘lchamli (3D) animatsiyalar yordamida yaratilgan harakatli tasvirlardir. Ular realistik va dinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, ko‘pincha mahsulotni taqdim etish, vizual effektlar yaratish yoki film va reklama sohalarida qo‘llaniladi. Shuningdek, maxsus belgilar, brend maskotlari, texnik jarayonlar yoki murakkab tushunchalarni tushuntirish uchun ham keng foydalaniladi.
Muddat
12 - 24 ish kuni
Narx
24 mln so'mdan boshlab
Bu uch o‘lchamli obyektlar va muhitlarni yaratish va ularga vizual effektlar qo‘shish jarayonlari bo‘lib, asosan dizayn, arxitektura, animatsiya va ishlab chiqarish sohalarida qo‘llaniladi. Ushbu xizmat mahsulot prototiplari, sanoat texnologiyalari, interyer-eksteryer vizualizatsiyasi, metavers loyihalari yoki mapping elementlari uchun ham ishlatiladi.
Muddat
12 - 24 ish kuni
Narx
12 mln so'mdan boshlab
Mapping bu turli yuzalar, ob’ektlar yoki inshootlarga video va animatsiyalarni proyeksiyalash texnologiyasidir. Odatda, bu jarayon 3D ob’ektlar yoki binolarning yuzasiga tasvirlar, grafikalar yoki videolarni moslashtirib yoritish uchun ishlatiladi. Mapping yordamida vizual effektlar yaratish, san’at asarlarini namoyish etish yoki reklama qilish mumkin. Shuningdek, bu texnologiya konsertlar, tantanali ochilish marosimlari va festivallar uchun interaktiv vosita sifatida ham keng qo‘llaniladi.
Muddat
12 - 24 ish kuni
Narx
24 mln so'mdan boshlab
Ko‘zoynaksiz 3D effekt beruvchi, maxsus LED ekranlar uchun mo‘ljallangan yuqori darajadagi vizual kontent. Ushbu texnologiya orqali ob'ektlar ekran tashqarisiga “chiqib kelayotgandek” ko‘rinadi va tomoshabinda real harakat hissini uyg‘otadi. Naked eye videolar odatda yirik shahar markazlaridagi ekranlar, savdo markazlari, ochilish marosimlari yoki brend shoukeislari uchun ishlatiladi. Bu — brendingni innovatsion, zamonaviy va hayratlanarli uslubda namoyish etishning eng samarali yo‘llaridan biridir.
Muddat
3 - 12 ish kuni
Narx
12 mln so'mdan boshlab
Intro/outro video materiallarining boshlanishi (intro) va tugashini (outro) ta’minlaydigan qisqa kliplar. Ular videolarni yanada professional va jozibali qilish uchun ishlatiladi, shuningdek, brendni tanitishda yordam beradi. Ushbu qismlar ko‘pincha logotip animatsiyasi, musiqali kirish chiqish, qisqa taqdimotlar yoki doimiy foydalaniladigan video shablonlar shaklida yaratiladi.
Bu g‘oya yaratishdan tortib, suratga olish, montaj va post-ishlovgacha bo‘lgan to‘liq video tayyorlash jarayonidir. U reklama roliklari, promo videolar, intervyular, hujjatli filmlar kabi turli formatdagi kontentni o‘z ichiga oladi. Jamoa ssenariy, sahna, ovoz, yorug‘lik va post-production elementlari orqali brend hikoyasini sifatli va ta’sirli tarzda yetkazishga xizmat qiladi.
Muddat
7 kundan boshlab
Narx
30 mln so'mdan boshlab
Bu mahsulot yoki xizmatni reklama qilish, brendni targ‘ib qilish uchun qisqa va jozibali videolar. Ular ko‘pincha auditoriyani jalb qilish uchun kreativ va hissiy elementlarni o‘z ichiga oladi. Reklama roliklari odatda turli platformalar (TV, YouTube, Instagram, Telegram) uchun moslashtiriladi hamda professional ssenariy, aktyorlar, grafik elementlar va animatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Muddat
7 kundan boshlab
Narx
20 mln so'mdan boshlab
Brend tanishtiruv roliklari kompaniya yoki brendning tarixini, qadriyatlarini va taklif etayotgan mahsulot yoki xizmatlarini taqdim etuvchi videolar hisoblanadi. Bu turdagi roliklar brend imijini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Unda ssenariy, intervyu bo‘laklari, grafik infografika va turli voqealiklar vizual tarzda uyg‘unlashtiriladi.
Muddat
3 kundan boshlab
Narx
10 mln so'mdan boshlab
Bu ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlangan qisqa videolar bo‘lib, reklama, promo aksiyalar yoki brendingning vizual kontentini taqdim etishga qaratilgan. Ular tezkor, dinamik va diqqatni jalb etadigan tarzda yaratiladi. Bu xizmatga TikTok, YouTube Shorts, Instagram Reels formatidagi videolar, shuningdek, kontent kalendari asosida tayyorlanadigan muntazam video paketlar ham kiradi.
Muddat
3 kundan boshlab
Narx
16 mln so'mdan boshlab
Intervyu va reportajlar haqiqiy voqealar, suhbatlar yoki jamiyatdagi muhim tadbirlar haqida tayyorlangan videolardir. Intervyular va reportajlar ko‘pincha faktlarga asoslangan, informativ va qiziqarli bo‘ladi. Ular tadbirlardan videoxronika, qisqa sotsial lavhalar, “behind the scenes” ko‘rinishidagi real voqealarni qamrab olishi mumkin.
Muddat
30 ish kuni
Narx
30 mln so'mdan boshlab
Bu haqiqiy voqealarni yoki mavzularni chuqur tahlil qiluvchi va ilmiy yondashuvdagi filmlar. Hujjatli filmlar tomoshabinga ma’lumot berish, ta’lim berish yoki ilhomlantirish maqsadida yaratiladi. Ular ko‘pincha intervyular, arxiv kadrlari, animatsion tushuntirishlar va kuchli ssenariy asosida ishlab chiqiladi.
Muddat
3 - 7 ish kuni
Narx
4 mln so'mdan boshlab
Ssenariylashtirish videoning tarkibini, strukturasi va hikoyasini rejalashtirish hisoblanadi. Bu bosqichda ssenariy yozilishi, voqealar ketma-ketligi va personajlarning harakati aniqlanadi. Shu bosqichda kasting, lokatsiya tanlash, storyboarding va rejissyorlik yechimlari ham ishlab chiqiladi.
Muddat
7 kundan boshlab
Narx
4 mln so'mdan boshlab
Bu videoni tayyorlash jarayonidagi oxirgi bosqich bo‘lib, montaj qilish, rang tuzatish, maxsus effektlar, musiqalar va ovoz qo‘shish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda videoning sifatini yaxshilash va yakuniy mahsulotni tayyorlash maqsadi ko‘zlanadi. Shuningdek, tilga moslashtirish (subtitrlash), sound design va color grading ham bu bo‘limga kiradi.
Kreativ va konseptual ishlanmalar — bu brend, mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilishda samarali, strategik va jozibali yondashuvlarni ishlab chiqish jarayonidir. U loyihaning asosiy g‘oyasini aniqlash, vizual va mazmuniy asosini shakllantirish, kontentni platformalarga moslashtirish, shuningdek sun’iy intellekt yordamida kreativ yechimlar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Bu xizmatlar orqali brend yondashuvi yagona, farqlanuvchi va auditoriyani jalb qiluvchi shaklda taqdim etiladi.
Muddat
3 - 12 ish kuni
Narx
8 mln so'mdan boshlab
Kreativ kontent g‘oyalari — brend yoki mahsulotni taqdim etish uchun yangicha va original fikrlar ishlab chiqish. Bu g‘oyalar ijtimoiy tarmoqlar, reklama kampaniyalari yoki kontent yaratish uchun asos bo‘ladi. Kreativ g‘oyalar auditoriyani jalb qilish va brendni esda qolarli qilish uchun muhimdir. Bu xizmatga brainstorming sessiyalar, vizual ilhom doskalari (moodboard) va ssenariy skeletlarini ishlab chiqish kiradi.
Muddat
3 - 12 ish kuni
Narx
8 mln so'mdan boshlab
Sun'iy intellekt yordamida matnlar, grafikalar, tasvirlar va hatto videolarni avtomatik ravishda ishlab chiqish mumkin, bu esa vaqt va resurslarni tejashga yordam beradi. Ushbu xizmat doirasida sun’iy intellekt yordamida skriptlar, post g‘oyalari, dizayn variantlari va hatto animatsion ko‘rinishlar ishlab chiqiladi.
Muddat
3 - 12 ish kuni
Narx
12 mln so'mdan boshlab
Bu kontentni qanday qilib samarali yaratish va tarqatish strategiyasini ishlab chiqishdir. Bu jarayon maqsadli auditoriyani tahlil qilish, qanday turdagi kontent yaratish kerakligini aniqlash, va qaysi platformalarda faoliyat olib borishni rejalashtirishni o‘z ichiga oladi. Strategiyaga kontent kalendari, mavsumiy kampaniyalar va KPI tizimi ham kiritiladi.
Muddat
3 - 12 ish kuni
Narx
18 mln so'mdan
Brend kampaniyasi uchun kreativ konseptlar bu maxsus aksiyalar, yangi mahsulot chiqishlari yoki reklama kampaniyalari uchun ijodiy yondashuvlar ishlab chiqish jarayonidir. U brendga mos g‘oyalarni yaratish, ularni platformalar bo‘yicha optimallashtirish va umumiy vizual kontsept yaratishga xizmat qiladi.
Bu kabi xizmatlar zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, yaratish, tahrirlash va optimallashtirish jarayonlarini avtomatlashtirishni ta’minlaydigan xizmatlardir. Sun’iy intellekt yordamida ishlash nafaqat tejamkorlik va samaradorlikni oshiradi, balki kreativ jarayonlarga intuitivlik, tezlik va yangilik olib kiradi. AI-kontentlar reklama, dizayn, animatsiya, montaj va brending sohalarida amaliy samaradorlikni oshiradi.
Muddat
3 kundan boshlab
Narx
6 mln so'mdan boshlab
Sun'iy intellekt yordamida harakatlanadigan grafika va qisqa animatsiyalar yaratish. Bu xizmat ssenariy asosida avtomatik ravishda personaj harakatlari, sahna o‘zgarishlari va interaktiv elementlarni generatsiya qilish imkonini beradi. Tez, moslashtirilgan va zamonaviy animatsion echimlar uchun samarali yo‘l.
Veb dizayn — bu veb-saytlar va ilovalarning interfeysini loyihalash va foydalanuvchi tajribasini shakllantirish jarayoni bo‘lib, sayt ko‘rinishini, funksionalligini va interaktivligini belgilaydi. Dizayn nafaqat estetik go‘zallikni, balki qulaylik, moslashuvchanlik va samaradorlikni ham ta’minlashi zarur. Ushbu xizmatlar orqali foydalanuvchining har bir sahifadagi yo‘nalishi, brend bilan o‘zaro aloqasi va kontentni qabul qilish darajasi optimallashtiriladi.
Muddat
3 - 12 ish kuni
Narx
2 mln so'mdan boshlab
Landing sahifalar dizayni bu foydalanuvchini aniq bir harakatni amalga oshirishga (masalan, mahsulot sotib olish, ro‘yxatdan o‘tish, xizmatga obuna bo‘lish) undash maqsadida yaratilgan veb-sahifadir. Landing sahifasi odatda maqsadga yo‘naltirilgan, minimal va intuitiv dizayn bilan bo‘ladi.