top of page

PFL Brending

So‘nggi yillarda Tasnif Group O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlikda Superliga uchun 3D animatsion intro videolar yaratdi. 2024-yilda bu hamkorlik yangi bosqichga chiqib, biz nafaqat intro, balki to‘liq brend strategiyasi va televideniye uchun vizual atributlarni ishlab chiqdik. Liga uchun zamonaviy, tomoshabinlarga yoqadigan va raqobat ruhini aks ettiruvchi yangi vizual identitet yaratish vazifasi qo‘yildi.

Biz sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar asosida jamoalar ruhini, o‘yinchilarning harakatini va musobaqaning dinamikasini o‘zida aks ettirgan immersiv intro ishlab chiqdik. Bu video nafaqat futbol an’analariga hurmat ifodasidir, balki O‘zbekiston Superligasining kelajakka ochilgan zamonaviy qiyofasini namoyon qilib, mintaqadagi sport brendlashuvi uchun yangi mezon bo‘ldi.

Yil

Mijoz

Turi

2025

PFL O‘zbekiston

Brand identity, Grafik dizayn

bottom of page